ISHSIZLIKNING TABIIY DARAJASI
ISHSIZLIKNING TABIIY DARAJASI – real va potensial yalpi milliy mahsulotning o’sishi bir-biriga mos keladigan iqtisodiy rivojlanish davri oraliqlariga xos bo’lgan ishsizlik darajasi. U iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy va strukturaviy ishsizlik ko’rsatkichlari yig’indisi sifatida ham hisoblanishi mumkin. Shuningdek, NARU (natural rate of unemloyment) atamasi ishsizlikning o’smaydigan darajasi ko’rsatkichi tarzida ham qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ijtimoiy jihatdan nisbatan neytral bo’lib, inflyatsiyaning turg’un, barqaror darajalari hamda real va potensial yalpi milliy mahsulot (YaMM) mos tushgan holatidagi ishsizlik darajasini aks ettiradi.