KAPITAL

KAPITAL (nem. kapital – asosiy mulk; lot.capitalis – eng muhim, asosiy, bosh) – biror maqsadga yo’naltirishga mo’ljallangan pul mablag’i, boshlang’ich, doimiy, o’zgaruvchan, asosiy va aylanma kapital kabi turlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot, korxona, firma va boshqalarda ustav kapitali, zaxira kapitali va aksionerlik jamiyati kapitali kabi turlari mavjud. Aksionerlik jamiyati kapitali o’z aksiya obligatsiyalarini sotishdan tushgan pullardan tashkil topadi. Kapital doimiy va o’zgaruvchan, asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi; sanoat kapitali, savdo kapitali, ssuda kapitali shakllarida faoliyat yuritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxona, firma, turli jamoalarga tegishli aksionerlik kapitali, zaxira kapitali, ustav kapitali singari ko’rinishlari mavjud.