KORREKTURA

KORREKTURA – buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni tuzatish. Korrektura usulining mohiyati shundan iboratki, bunda noto‘g‘ri yozuvning ustidan yupqa qilib chiziladi. Uning yon tomoniga yoki tepasiga togri yozuv yoziladi va bu to‘g‘rida muayyan hujjatning tagida hisobning shu sohasiga javobgar shaxs yoki bosh buxgalter tomonidan izoh beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Qilingan tuzatishga “tuzatilgani to‘g‘n” degan yozuv ilova qilinadi va tuzatish sanasi ko’rsatiladi.