KENE FRANSUA

KENE FRANSUA (1694-1774) – fransuz iqtisodchi-fiziokrati, klassik iqtisodiyot nazariyasi maktabi namoyandasi. “Iqtisodiy jadval” (1758) asarida u birinchi marta oddiy takror ishlab chiqarish shartlarini tahlil etib, qanday qilib ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning muomalada taqsimlanishi, natijada ishlab chiqarishning takrorlanishiga sharoit yaratilishini ko’rsatib berishga harakat qilgan. Shuningdek, kapital masalalariga alohida e’tibor berib, uni doimiy va o’zgaruvchan shakllarga bo’lgan. Ammo umumiy foyda va boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi, shu bois undagi mehnat unumli mehnat hisoblanadi, sanoatda qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanganligi sabab undagi mehnatni unumsiz mehnat, deb hisoblagan.