KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI – korxona ko’lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag’lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi subyektlar. Respublikamizda sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmatko’rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik biznes subyektlari hisoblanadi.