KO’CHMAS MULK

KO’CHMAS MULK – yer bilan mustahkam bog’liq bo’lgan yer maydonlari, alohidalashtirilgan suv obyektlari, o’rmonlar, ko’p yillik o’simliklar, binolar, inshootlardan iborat. Ularning ko’chirilishi shu narsalarning mo’ljallanganligiga zarar yetkazadi. Ko’chmas mulkning tarkibiga davlat qaydidan o’tgan havo va dengiz kemalari, kosmik obyektlar ham kiradi. Ko’chmas mulkning asosiy belgisi sifatida yer hisobga olinadi. Qonun bo’yicha ko’chmas mulkning tarkibiga boshqa mulklar, masalan, korxona yoki xonadonlar ham kiritilishi mumkin.