KLIRING
KLIRING (ingl. clearing, clear – tozalash, ravshanlashtirish) – o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olib amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitob tizimi. Mamlakat ichidagi kliring banklar o’rtasidagi to’lovlar, naqd pulsiz hisob-kitoblami o’z ichiga oladi. Xalqaro hisob-kitoblarda kliring kelishuvlar (kliring kelishuvlari, valyuta kliring) ko’rinishida amalga oshiriladi. Davlatlararo o’zaro qarzlarini tilla va valyutaga o’tkazmasdan savdo-sotiq talablariga ko’ra amalga oshiradi. Masalan, paxta tolasi o’rniga uning qiymatiga teng miqdorda mashina, asbob-uskuna olish.
O‘xshash so‘zlar
- Kliring
- KLIRING BANKI
- Kliridis (Clerides) Glafkos
- KLIRING NUQTA (MUVOZANAT NUQTASI)
- KNIS KARL
- KO’CHMAS MULK
- KO’CHMAS MULK
- KO’P KANALLI MARKETING TIZIMI


