AKVATORIYA

AKVATORIYA [lotincha aqua — suv va territoriya] — suv havzasi yuzasining bir qismi. Port akvatoriyasi deganda portning quruqlikdagi qismidan tashqari suv qismi tushuniladi. Gidroaerodrom akvatoriyasi — suv yuzasining gidrosamolyotlar uchishi, qo’nishi va Langarda turishi uchun ajratilib, maxsus jihozlangan qismi. Yangi qurol va texnikani sinab ko’rish uchun poligon sifatida foydalaniladigan suv maydoni ham Akvatoriya deyiladi. Ba’zan Akvatoriya harbiy kemalar turadigan joyni ham o’z ichiga oladi. Dengiz xo’jaliklari (baliqchilik, boshqa dengiz hayvonlarini ko’paytirish, dengiz karami yetishtirish va boshqalar) rivojlanishi bilan turli xo’jalik Akvatoriyalari paydo bo’lmoqda.