AKVILEGIYA
AKVILEGIYA (lotincha Aquilegia — suvyig’ar) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Poyasi tik (25-70 santimetr), gullari uzun pixli ko’k, binafsha, qizil yoki och qizil; gulkosasi 5 bargli. Mevasi o’zaro tutashmagan tuda urug’chibarglardan iborat. 50 ga yaqin turi bor. Yevropa, Osiyo va Amerikada (o’rmon chetlari, daryo bo’ylari va tog’larda) tarqalgan. 9 turi bor, ko’proq Markaziy Osiyo, qisman Sibir va uzoq Sharkda uchraydi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’larda Akvigeliyaning ikki turi yovvoyi holda o’sadi. Oddiy Akvigeliya (Akvigeliya vulgaris) gulzorlarga ekiladi.