LORENS EGRI CHIZIG’I

LORENS EGRI CHIZIG’I – aholi daromadlarining taqsimlanishini aks ettiruvchi egri chiziq. “Oilalar ulushi” abssissada, “daromadlar ulushi” ordinatada joylashgan. Egri chiziqda har bir nuqta aniq daromadga ega oilalar u yoki bu miqdorining umumiy daromaddagi ulushini ko’rsatadi. Grafikdagi bissektrisa daromadlarning absolyut teng taqsimlanishi holatini aks ettiradi. Bissektrisaga binoan egri chiziq o’rtasidagi bo’lak aslida mavjud bo’lgan daromadlarning notekis taqsimlanishini ifodalaydi. Shu bo’lak qanchalik katta bo’lsa, daromadlarning notekis taqsimlanish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Agar bu notekis taqsimlash kamaysa, egri bissektrisaga yaqinlashadi, agar oshsa uzoqlashadi.