AKKA

AKKA — O’rta dengiz sohilidagi shahar. Isroil davlatida. Qadimda Akko deb atalgan. Janubiy Finikiyaning yirik savdo markazi bo’lgan. Ilk bor miloddan avvalgi 15-asrga oid manbalarda zikr qilinadi. Miloddan avvalgi 8-4 – asrlarda Akka Tir shahar davlati, miloddan avvalgi 3 – asrda esa Ptolemeylar tasarrufida bo’lib, Ptolemaida deb atalgan. Miloddan avvalgi 2-1 – asr boshlarida salavkiylarga, miloddan avvalgi 63 yildan Rimga tobe bo’lgan. 638 yil arablar egallagan, 1104- 87 va 1191-1291 yillarda salibchilar qo’l ostida bo’lgan. 1516-1918 yillarda Usmonli turk saltanati tarkibida. 1799 yil Akka (u paytda Sen-Jan-D’akr deb atalgan) Napoleon Bonapart armiyasining 3 oylik qamaliga bardosh berib, dushmanni chekinishga majbur qilgan.