AKSELEROMETR
AKSELEROMETR (lotincha accelero – tezlataman va Yunoncha metreo — o’lchayman) — mashinalar, dvigatellar va hokazolar, kosmik uchish apparatlari, raketalar, samolyotlar va boshqa harakatlanuvchi ob’yektlarda paydo bo’ladigan tezlanishni (o’ta yuklanishni) o’lchaydigan asbob. Harakat turiga qarab chiziqli va burchakli Akselerometr; ishlash tarziga kura mexaniq elektr mexanik va boshqalar; vazifasiga ko’ra vaqt yoki yo’l funktsiyasi sifatida tezlanishni hamda tez o’tadigan jarayonda tezlanishning eng katta (maksimal) qiymatini o’lchaydigan xillarga bo’linadi. Yozib oluvchi qurilmali Akselerometr akselerograf deb ataladi.