OLIGOPOLIYA

OLIGOPOLIYA – shunday bozor strukturasining turiki, bunda bir nechta yirik firmalar ishlab chiqarishda monopollik qilib, mahsulotning asosiy qismini sotadi. Oligopoliya nazariyasi – monopol xukmronlikni inkor etuvchi iqtisodiy nazariya, har bir xo’jalik tarmog’ida bitta emas, bir nechta yirik firmalar xukmronlik qiladi degan g’oyani oldinga suradi. Oligapoliyaga quyidagi belgilar xos bo’ladi: 1. Tarmoqda nisbatan kam sonli firmalar hukmronlik qiladi. Ular qimmatli texnologiyalar, xarajatlarni iqtisod qilish, tarmoqqa kirishga to’siqlar qo’yishbilan o’zaro muomala qiladilar. 2. Mahsulot tabaqalashtirilgan yoki standartlashtirilgan bo’lishi mumkin. 3. O’zaro qo’shilishga rag’batning kuchliligi, chunki u bozorning katta ulushiga ega bo’lishga imkon yaratadi. 4. Umumiy o’zaro bog’liqlik.