Oligopoliya

Oligopoliya (oligo… va Yunoncha poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma) larning bozorda yoki bironbir xo’jalik soxasida hukmronligi. Oligopoliya uchun bozorda bir necha sotuvchining bo’lishi xos, ammo umumiy bozor savdosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta bo’lganidan, har bir sotuvchi o’zi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini o’zgartirishi bilan narxlarda ham o’zgarishlar yuz beradi. Firmalarning uncha ko’p bo’lmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tug’diradi. Bu esa, o’z navbatida, ularga nar-xlarni belgilash, bozorni bo’lish yoki taqsimlash va boshqacha yo’llar bilan o’zaro raqobatni cheklashda qo’l keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari (kartel bitimi va boshqalar) bor. Monopoliya kabi Oligopoliya ham nomukammal raqobat ko’rinishi hisoblanadi.