Olim Usmon

Olim Usmon (taxallusi; asl ism- sharifi Usmonov olim; 1912.31.12, Jalolobod — 1989.20.9, Toshkent) — tilshunos olim, lug’atshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973). Nizomiy nomidagi Pedagogika institutini tugatgan (1940). O’zbekiston Davlat nashriyotida dastlab muxarrir, keyin bo’lim mudiri (1932-35), O’zFAN til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1935-38), O’zFAN nashriyoti direktori (1938-42), Davlat radioeshittirish qo’mitasi raisi o’rinbosari (1944-46). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining lug’at (1946— 53), til tarixi (1958-65), terminologiya bo’limlariga rahbarlik qilgan (1965— 84). Toshkent universiteti Filologiya fakultetining dotsenti (1954-58). Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» asari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. «O’zbek tili grammatikasi (fonetika va morfologiya)» (hamkorlikda, 1938), «O’zbek tilining imlo lug’ati»(1940), «imlo lug’ati» (1949) singari darslik va o’quv qo’llanmalarini e’lon qilgan. 5 jildli «ruscha-O’zbekcha lug’at» (1950-55), «Ruscha-O’zbekcha yon lug’at» (1956), «internatsional so’zlar lug’ati» (1959, 1962), «Qisqacha ruscha-O’zbekcha lug’at» (1961), «Ruscha-Internatsional o’zlashtirma so’zlar izohli lug’ati» (1965, 1972), «Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati» (1976) kabi kitoblarning yaratilishida ishtirok etgan.