Olimpiada o’yinlari

Olimpiada o’yinlari – 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 g’ildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, san’at konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 yilgacha har 4 yilda Olimpiya shahrida Xudo Zevs sharafiga o’tkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. O’yinlar 5 kun davom etgan; 2) Yunonistonning Olimpiada o’yinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896 yil (Olimpiadaning 1-yili) dan boshlab o’tkaziladi. Olimpiada o’yinlarini o’tkazish tartibi, qoidalari Olimpiya xartiyasida belgilab berilgan. Bu xartiyani zamonaviy Olimpiya harakati asoschisi, frantsiyalik jamoat arbobi Per de Kuberten (1863-1937) ishlab chiqqan. 1894 yil Parijda xalqaro sport kongressi xartiyani tasdiklagan (yangi tahriri 1999 yil qabul qilingan). O’yinlar Xalqaro Olimpiada tso’mitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. O’yinlarda musobaqalar sportning faqat Olimpiya turlari bo’yicha o’tkaziladi. Olimpiya sport turi Xartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi o’yinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qit’aning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qit’aning kamida 40 davlatida tarqalgan) bo’lishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, og’ir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosiped sporti, futbol, basketbol musobaqalari, albatta, kiritiladi. 1968 yildan Olimpiada o’yinlari tashkiliy qo’mitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini o’tkazib keladi. Bu tadbirlar san’at vositasida olimpiadaning xalqlar o’rtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targ’ib qilishga qaratilgandir. 1924 yildan Olimpiada o’yinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida o’tkaziladi. Olimpiada shiori «tezroq, balandroq, kuchliroq» (lotincha «Citius, altius, Sortius «) 1920 yildan Olimpiada emblemasiga kiradi. Olimpiada emblemasi — ko’k, qora, qizil (yuqori qator), sariq va yashil (pastki qator) rangdagi bir-biriga chatishgan 5 halqa — Olimpiada harakatiga Birlashgan 5 ta qit’a ramzi. Har bir Olimpiada, shuningdek, o’z emblemasiga ega: olimpiadaning 5 halqasi (halqalar) va o’yinlar tashkilotchisi bo’lgan shahar ramzi, o’yinlar o’tkazilayotgan yil, joy va hokazolar. Olimpiada bayrog’i — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiada o’yinlarida ko’tariladi. Olimpiada o’yinlarining an’anaviy atributa Olimpiada mash’alasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos tog’yon bag’rida quyosh nurlaridan yondirilib, o’yinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va Olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda o’yinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi. Olimpiada emblemasi. Jahon Olimpiada o’yinlari (tartib soni va o’tkazilgan yili); I — 1896 (Afina), II — 1900 (Parij); III — 1904 (Sent-Luis, AQSh), IV – 1908 (London), V – 1912 (Stokgolm), VII — 1920 (Antverpen), VIII – 1924 (Parij), IX – 1928 (Amsterdam), X — 1932 (Los- Anjeles, AQSh), XI – 1936 (Berlin), XIV – Olimpiada medali. 1896, Afina. 1948 (London), XV — 1952 (Xelsinki), XVI — 1956 (Melburn, Avstraliya), XVII – 1960 (Rim), XVIII – 1964 (Tokio), XIX – 1968 (Mexiko), XX -1972 (Myunxen, GFR), XXI – 1976 (Monreal, Kanada), XXII – 1980 (Moskva), XXIII — 1984 (Los-Anjeles, AQSh), XXIV – 1988 (Seul), XXV -1992 (Barselona), XXVI – 1996 (Atlanta, AKD1), XXVII – 2000 (Sidney). 1 – va 2-jahon urushlari tufayli VI (1916), XII (1940), XIII (1944) Olimpiada o’yinlari o’tkazilmagan. O’zbekiston sportchilari Olimpiada o’yinlarida 1952 yildan buyon (1992 yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996 va 2000 yillarda mustaqil davlat vakillari sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996).