AKTINOLIT
AKTINOLIT, nur sochuvchi tosh (lotincha actis — nur, lithos — tosh) — amfibollar guruhidan bo’lgan jins hosil qiluvchi mineral. Ba’zan MPO aralashmasi bilan uchraydi (manganaktinolit). Qattiqkigi 5-6. Sof og’irligi 3,2—3,3. Rangi och yashildan to’q yashilgacha. Shishasimon yaltiroq. Monoklin sistemasida kristallanadi. Radial-nursimon agregatlarga to’plangan cho’ziq, ignasimon va ipsimon kristallar hosil qiladi. Uning zich turi nefrit deb ataladi. Aktinolit skarnlarda, magmatik va metamorfik jinslarda uchraydi. Kislotaga chidamli material tayyorlashda ishlatiladi.