AKTINOMETRIYA

AKTINOMETRIYA — meteorologiyaning atmosfera, quyosh va yer nurlanishini (radiatsiyasini) tabiiy sharoitda tadqiq qilish hamda radiasiyani o’lchash usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi bo’limi. Vazifasi radiasiyaning har xil turlarini o’lchash, quyosh radiasiyasining atmosferada yutilish, sochilish va qaytarilishi qonuniyatlarini tekshirish, shuningdek, atmosfera, yer osti va boshqa yuza hamda qatlamlarning radiatsiya balansini o’rganish, xalq xo’jaligida radiasiyadan foydalanish usullarini ishlab chiqishdan iborat.