AKUSTIK ZONDLASH
AKUSTIK ZONDLASH – atmosfera yuqori qatlamlarining temperaturasi, namligi, bosimi, tarkibidagi gazlarning o’rtacha molekulyar hamda atom og’irligi va boshqa ko’rsatkichlari haqida ma’lumot olish. Atmosferada tovush tarkalishini o’lchab amalga oshiriladi. Tovush to’lqinlari o’z xossalari bilan farq qiladigan atmosferaning bir qatlamidan ikkinchisiga o’tayotganda sinadi va tarqalish yo’nalishi o’zgara borib, yer sirti tomonga burila boshlaydi.