AKTSIYA

AKTSIYA (Fransuzcha action — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aktsiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qog’oz. O’z egasining aktsiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. Aktsiya qimmatli qog’ozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qog’ozlar turkumiga kiradi. Aktsiya chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. Aktsiya dastlab emmitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, so’ngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. Aktsiya bevosita emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. O’zbekistonda Aktsiya aholiga xususyiylashtirish investisiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus magazinlarda sotiladi. O’zbekistonda 1997 yil 5 ta investisiya fondi ishladi. Aktsiya davlat korxonalari aktsiyador jamiyatlarga aylantirilgan chog’da va yangidan aktsiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. O’zbekistondagi Aktsiya davlat mulkini aktsiyadorlash jarayonida 1989 yildan boshlab chiqarilgan. Aktsiya egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli Aktsiyaga bo’linadi. O’zbekistonda aholi orasida birinchi turdagi Aktsiya tarqalgan. Aktsiya oddiy va imtiyozli turlarga bo’linadi. Oddiy Aktsiya dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aktsiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi Aktsiya; imtiyozli Aktsiya dividend oddindan belgilangan, lekin ovoz berish hukuqini ta’minlamaydigan Aktsiya Aktsiya egasining o’zida yoki depozitariylarda saqlanadi. Masalan, 1995 yilda “vaqt” milliy depozitariysida 2040 aktsiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 milliard so’mlik aktsiyalari saqlandi.