ALAZANI
ALAZANI, Alazan — Gruziya va Ozarbayjondagi daryo (qisman ikkala respublika chegarasidan oqadi). Uzunligi 351 kilometr, havzasining maydoni 10800 kilometr kvadrat. Katta Kavkazning Janubiy yon bag’ridan boshlanib, tog’dan chiqqach keng Kaxetiya vodiysidan oqib Mingechaur suv omboriga quyiladi. Qor, yomg’irdan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 98 metr kub/sekund. Suvi sug’orishda foydalaniladi. Vodiy yon bag’irlarida tokzorlar bor.