ALAZEYA
ALAZEYA — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasining shimoliy- sharqidagi daryo. Uzunligi 1590 kilometr, havzasining maydoni 64700 kilometr kvadrat. Alazeya Alazeya yassi tog’larida Nelkan va Kadilchan soylarining qo’shilishidan hosil bo’lib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Alazeya o’zani juda egri-bugri. Daryo quyilish yerida bir qancha tarmoqlarga bo’lingan. Alazeya havzasida 24 mingdan ortiq ko’l bor. Qor va yomg’irdan suv oladi. Quyilish yerida o’rtacha suv sarfi 320 metr kub/sekund. Sentabr oxiri — oktabr boshlarida muzlab, may oxiri — iyun boshlarida muzdan bo’shaydi. Eng yirik irmog’i — Rossoxa.