AL-AHMAR MASJIDI
AL-AHMAR MASJIDI – Qohiradagi fotimiylar davri me’moriy va amaliy bezak san’ati yodgorligi (1125). Hovli (10×10 metr) atrofidagi gumbazli binolar oldi ravoqlar qatori bilan o’ralgan. Bosh tarzi ravoqlari, mehrobi, tosh o’ymakorligida ishlangan hoshiyasida girih va islimiy bo’rtma naqshlarning serhasham namunalari saqlangan. Saroy eshigidagi islimiy naqshlar tasviriy mazmun (ov sahnasi, sozanda va raqqosalar, qush va jonivorlar tasviri) bilan uyg’unlashib ketgan. Masjiddagi o’ymakori naqshlar nihoyatda serhasham.