ALGONKINLAR

ALGONKINLAR – shimoliy Amerikadagi indeys xalqlari guruhi (ojibve, mogikan, delavar, kri, Montane, naskap, cheyen va boshqalar). 260 ming kishi. Bulardan 100 ming kishi Kanadada va 160 ming kishi AQShda (1992) maxsus ajratilgan joylarda yashaydilar, algonkin tilida gaplashadilar. Algonkinlar mongoloid irqiga mansub. Algonkinlarning ko’p qismi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Kanadada yashovchi Algonkinlar, asosan, mo’ynali hayvonlarni ovlaydilar. AQShda yashovchilari dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Dindorlari katoliklar.