ALEKSANDR BURJI

ALEKSANDR BURJI – Sankt Peterburg shahri. (Rossiya Federatsiyasi) dagi me’moriy yodgorlik. Maydonning Markaziy mujassamoti. Aleksandr burji ampir uslubida 1830-34 yillarda me’mor A. A. Monferran loyihasi asosida (1812 yil urushidagi g’alaba sharafiga) o’rnatilgan. Aleksandr burji to’qqizil granit toshdan yasalgan baland ustun (maxsus kursi) ustiga o’rnatilgan. Ustida avliyo haykali bor (haykaltarosh B. I. Orlovskiy). Tagkursiga bo’rtma tasvirlar (haykaltarosh P. V. Sintsov, I. Leppe, J. B. Skotti) ishlangan. Umumiy balandligi 47,5 metr. Og’irligi taxminan 500 tonna.