ALEKSANDRIYA
ALEKSANDRIYA – Misr Arab Respublikasining shimoliy qismidagi shahar.
ALEKSANDRIYA — Ukrainaning Kirovograd viloyatidagi shahar. Ingules daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 103 ming kishi (1989). Qo’ng’ir ko’mir qazib olinadi va briketlanadi. Ko’tarma transport asbob-uskunalari zavodi, elektromexanika, avtomobil tuzatish zavodlari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Dnepropetrovsk Konchilik institutining bo’limi, o’rta maxsus o’quv yurti mavjud. Aleksandriyaga 18-asr o’rtalarida asos solingan.