ALECH MUZLIGI

ALECH MUZLIGI, Alech Gletcheri — Shveytsariya Alp tog’laridagi eng katta vodiy muzligi. Bern Alp tog’i tepasidan Rona daryosi vodiysiga 1520 metr balandlikgacha tushib turadi. Uzunligi 24,7 kilometr, muz tilining o’zi esa 16 kilometr, sathi 87 kilometr kvadrat. Turizm rivojlangan (maxsus temir yo’l va kanat yo’li qurilgan).