YAGONA G’AZNA HISOB-RAQAMI

YAGONA G’AZNA HISOB-RAQAMI – g’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisob-raqami bo’lib, bu hisobraqamga Davlat budjeti mablag’lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan Davlat budjeti mablag’laridan nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi.