YAGONA IQTISODIY MAKON

YAGONA IQTISODIY MAKON — tashkil etish haqida imzolangan shartnoma Markaziy Osiyo integratsiyasi yo’lidagi ilk qadam bo’lgan edi. Hozirgacha o’zaro hamkorlik haqida 150 dan ortiq hujjat imzolandi. Endilikda Davlatlararo kengash ishlab turibdi, Hamdo’stlik dasturlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ijroiya qo’mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan. Mazkur integratsiya xalqimizning manfaatlariga to’la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga yordam beradi. Hozirgi kunda Yagona iqtisodiy makonga O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari a‘zo.