YADROVIY TERRORIZM

YADROVIY TERRORIZM — yadroviy portlovchi qurilmalarni portlatish yoki portlatish tahdidi, radioaktiv materiallar bilan zaharlash, yadroviy obyektlarni bosib olishni ifoda etadi. Hozir dunyoning 30 mamlakatida 450 ga yaqin yadroviy sanoat obyektlari, yuzlab yadro reaktorlari, o’ng minglab yadroviy qurilmalar mavjud. Ular e‘tiborga olinsa, terrorizmning bu ko’rinishi insoniyatga nisbatan qanchalik katta tahdidga aylanganini tasavvur qilish mumkin.