ALI JO’B NOYI

ALI JO’B NOYI (taxallusi “Jo’b”-quduqkov) (15-16-asrlar) — marvlik sozanda-bastakor. Marv hukmdori Qozoqxon saroyida yashab, ijod etgan. O’zbek musiqasi tarixida u o’zining qator peshrav va naqshlari bilan mashhur. Ayniqsa Husayniy maqomi yo’li (turkiy zarb usuli) dagi Hisoriy Peshravi Dilrabo (bu asar nayga nisbatan chortorda yoqimli sado berishi tufayli Chortori naygir nomi bilan ham) mashhur edi.