ALIMENTAR DISTROFIYA

ALIMENTAR DISTROFIYA (lotincha alimentarius — ovqatga aloqador), shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida ro’y beradigan kasallik. Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yog’ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, ichki a’zolar va to’qimalar funktsiyasining buzilishi bilan kechadi. Alimentar Distrofiyaga organizmda oqsil etishmasligi, shu bilan birga, boshqa noqulay omillar (sovuq, jismoniy va ruhiy tanglik) sabab bo’ladi. Davosi: quvvatga qirg’izadigan va yengil hazm bo’ladigan ovqatlar, vitaminlar beriladi. Bemor ovqatni ozozdan, sutkada 6-7 bor, bo’lib-bo’lib iste’mol qilishi zarur. Og’irroq hollarda o’rinda yotib davolanish, shuningdek glyukoza va qon quyish tavsiya etiladi.