ALIMKENT
ALIMKENT —Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanidagi shaharcha (1967 yildan). Tumanning Sharqiy qismida joylashgan. Yaqin temir yo’l bekati kuchlikdan 16 kilometr. Toshkent shahridan 40 kilometr. Aholisi 7123 kishi (1997). Alimkentda “Maftuna” hissadorlik jamiyati, paxta zavodi, 3 umumta’lim maktabi, bolalar bog’chasi, kasalxona, poliklinika, dorixona, kutubxona, klub, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish punktlari bor.