ALIMOV RAHMATULLA ALIMOVICH
ALIMOV RAHMATULLA ALIMOVICH (1902.25.11 – Toshkent — 1987.2.1) –injener-gidrotexnik, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1943), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan irrigator (1950), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1972). Moskva suv xo’jaligi injenerlari institutini tugatgan (1930). Suv xo’jalik qurilishi ob’yektlarida injener (1930-39), O’zbekiston SSR yengil sanoat (1939— 40) va O’zbekiston SSR suv xo’jaligi (1941— 43) xalq komissari, “Farhod-qurilish” boshlig’i, “Gidroproekt” institutining O’rta Osiyo bo’limi rahbari (1943-50). O’zbekiston SSR suv xo’jaligi vaziri (1951-56), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi suv muammolari va gidrotexnika instituti direktori (1956-63), O’rta Osiyo irrigasiya ilmiy tadqiqot institutida bo’lim mudiri (1964-80), guruh rahbari (1981 yildan). Alimov ilmiy ishlari suv resurslaridan irrigasiya va energetika maqsadlarida foydalanish usullarini yaratish va kopleks maqsadlardagi gidroinshootlar parametralarini aniqlashga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).