Garmsel

Garmsel (tojikcha garm — issiq, sel – oqim, havo oqimi) – O`rta Osiyodagi issiq va quruq shamol. Qizilqum va Qoraqum cho`llarida qizigan quruq havoning atrofga esishidan hosil bo`lib, bahor va yozda esadi. Tezligi sekundiga 15-20 m. Garmsel esganda havo harorati keskin ko`tarilib 40 darajadan ham oshadi, nisbiy namlik pasayadi (5-10%), ba’zan quyuq to`zon ko`tariladi. Tuproqda nam yetishmay qolganidan o`simlik so`liydi yoki butunlay quriydi. Garmsel bahorikor ekinlarga ayniqsa katta zarar yetkazadi.