Irmoq
Irmoq – bosh daryoga quyiladigan daryo, soy, jilra. Irmoq odatda bosh daryodan kamsuv va kalta bo`ladi. Geografik adabiyotlarda irmoq 1, 2, 3 va h.k. tartibli irmoqlarga ajratiladi. Chunonchi, bosh daryoga bevosita quyiladigan suvlarni birinchi tartibli irmoqlar, birinchi tartibli irmoqlarga quyiluvchi suvlarni ikkinchi tarkibli irmoqlar va h.k. deyiladi. Ba’zan kichikroq ko`l va suv havzalariga kiritiladigan daryolar ham irmoq deb ataladi. Ba’zi bir turkiy tillarda, Mmasalan, usmoniy turklarda irmoq so`zi daryo so`zi ma’nosida ishlatilgan. Soy hamda jarlarga yon tomonlardan kelib qo`shiladigan kichikroq soy va jarlar ham irmoq deyiladi. Irmoq – katta daryolarga quyiladigan jilg`aning ikkinchi nomi.