Ixtisoslashish

Ixtisoslashish – kishilarning biron-bir mashg`ulotda band bo`lishi yoki mehnatning ayrim operatsiyalarga bo`linishi. Qishloq xo`jaligida ayrim ekinlar ekishga yoki chorvachilikning muayyan sohasiga ixtisoslanadi. Sanoatda bir yoki bir necha detal tayyorlashga ixtisoslanadi. Bu esa, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni osonlashtiradi, mahsulotni arzonlashtiradi, shuningdek zavodlarda muayyan uzel, agregat, masalan, avtomobil dvigateli tayyorlashga ixtisoslanadi.