Yerning yillik harakati
Yerning yillik harakati– Yerning Quyosh atrofida bir marta to`liq aylanib chiqishi. Yer Quyosh atrofini 365 kun 5 soat 48 daqiqa, 46 soniyada aylanib chiqadi. Yerning Quyosh atrofida bosib o`tadigan yo`li – orbitasi 940 mln. km ga teng. Bu yo`lni Yer o`rta hisobda soatiga 107 ming km yoki sekundiga 29,8 km tezlik bilan o`tadi. Yeening yillik harakati oqibatida tabiiy hodisalarda ritmik o`zgarishlar, fasllarning almashinishi ro`y beradi.