Voha
Voha – pul va chala cho`llarda suv chiqarib obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qo`shni hududlarga nisbatan ko`p, yer osti suvlari yuza bo`lib, buloqlar chiqib yotadi. Voha ko`pincha daryo, ko`l, kanal va quduqdan suv ichadi. Maydoni bir necha un km.kv dan bir necha o`n ming km.kv ga boradi. Shimoliy Afrika, Old Osiyo va Markaziy Osiyo cho`llarida mashhur vohalar bor. Murg`ob, Xorazm, Buxoro vohalari, Farg`ona vodiysidagi vohalar ham ancha katta. Odatda vohalarda aholi zich yashaydi.