Tog` jinslari
Tog` jinslari – yer po`stini tashkil qilgan tabiiy mineral birikmalar. Tog` jinslari bir mineraldan (Masalan, marmar kaltsitdan tarkib topgan) yoki bir necha mineraldan (Masalan, granit dala shpati, kvars va slyudadan tarkib topgan) yoyinki turli tog` jinslari parchalaridan iborat bo`lishi mumkin. Paydo bo`lishiga qarab tog` jinslari yer po`sti ichida yoki yer yuzasida magmaning sotishidan paydo bo`lgan otqindi yoki magmatik jinslarga (Masalan, granit, bazalt), turli tog` jinslarining yer yuzasida yemirilib, boshqa joyga olib borib tashlanishidan kelib chiqqan cho`kindi tog` jinslariga (qumtosh, ohaktosh), yer po`stining ichki qismlarida issiqlik va bosim ta’sirida boshqa tog` jinslarining o`zgarishidan hosil bo`lgan metamorfik tog` jinslariga bo`linadi (Masalan, gneys, kristalli slanets, marmar, grafit).