Siklon
Siklon (yunoncha syklon – aylanuvchi) – front zonasida atmosfera bosimi atrofdan markazga tomon kamayib boradigan, shamollar soat strelkasi harakati yo`nalishiga teskari esadigan havo girdoblari. Siklon – atmosferaning past bosimli oblasti; Siklonda bosim markazda eng past bo`lib, shamol atrofdan markazga qarab esadi. Yerning aylanishi ta’sirida siklonda shamol shimoliy yarim sharda soat strelkasi yo`nalishiga qarshi, janubiy yarim sharda soat strelkasi yo`nalishi bo`ylab esadi; atmosferaning quyi qatlamida quyun shaklida havo oqimlari hosil bo`ladi. Siklonning eni 1000-3000 km bo`ladi. Sikonda ayniqsa markazida havo bulut bo`lib, yog`in yoradi. Ayrim sikon bir necha kun turadi; dastlab soatiga 20-30 km va undan ham tezroq harakat qiladi; shundan so`ng asta-sekin so`na borib tugaydi. MDHda siklonlar Atlantika okeanidan keladi va o`zgaruvchan ob-havo keltiradi. Siklon kelganda yozda havo sovub, shamol turadi, bulut bo`lib yomg`ir yog`adi; qishda havo ilib ketib, qor bo`roni turadi va qor yog`adi.