Suv

Suv– vodorod bilan kislorodning birikishidan hosil bo`lgan suyuq, rangsiz modda. Qalinligi 2 m dan oshsa, havo rang tusga kiradi. Normal bosim sharoitida +100°C da qaynaydi. +4° da eng zich bo`lib, 1 sm.kub suv 1 grammga tenglashadi. Tabiatda uch xil ko`rinishda – muz, suyuq suv, bug` holatda uchraydi. Ko`pchilik mineral va tog` jinslarida birikma holda bo`ladi. Suz so`zi geografik nomlar yasalishida ishtirok etadi. Masalan, Qizilsuv, Oqsuv, Ko`ksuv, Qashqasuv, Qorasuv.