Subalp mintaqasi
Subalp mintaqasi – o`rtacha va subtropik kengliklardagi yil bo`yi bir tekisda yetarli miqdorda yog`in yog`adigan tog`larning balandlik mintaqasi. Alp mintaqasidan pastda, tog` o`rmon mintaqalaridan yuqorida. Baland bo`yli subalp o`tloqlari, qing`ir-qiyshiq daraxtlar, chakalakzorlar xarakterli. Subalp mintaqasi o`tloqlaridan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.