Transport

Transport (lotincha transporto- tashiyman) – xalq xo`jaligining yuk va fuqaro tashiydigan tarmog`i, transportning asosiy turlari temir yo`l, dengiz, daryo, avtomobil, havo va truboprovod transportlari. Transport ishi yuk oboroti va tashilgan fuqarolar miqdori bilan o`lchanadi. MDHda transportning eng muhim turi – temir yo`l transportidir. Bunda dengiz yuk oborotida eksport-import operatsiyalari asosiy o`rin tutadi. Daryolarda yuk va fuqaro tashishning roli ortib bormoqda. Avtomobil, truboprovod va havo transportlari tez sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda.