Rif
Rif– suvi sayoz joylarda dengiz tagidagi yoki suv yuzasiga chiqib turgan balandliklar. Dengiz tubidagi qoyalar yoki qirg`oqlarning yemirilishidan, yoinki marjon qurilmalaridan hosil bo`ladi. Marjon riflari qirg`oq yaqinida bo`lsa, qirg`oq riflari deyiladi (dengiz suvi qaytganda bunday riflar butunlay ko`rinib qoladi), qirg`oqdan uzoqda bo`lsa, to`siq riflar deyiladi; Masalan, Avstraliyaning shimoli-sharqiy qirgog`i yaqinidagi Katta To`siq rifi 2000 km cho`zilgan. Riflar – suv osti ohaktosh qoyalari.