Regional landshaft komplekslari

Regional landshaft komplekslari – yer yuzasida faqat bir joyda uchrab, boshqa joyda aynan takrorlanmaydigan tabiiy hududiy komplekslar. Ular strukturasining o`ziga xosligi va paydo bo`lishi jihatidan bir butunligi (yaxlitligi) bilan ajralib turadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish birliklari: tabiiy geografik o`lka, zona, provinsiya, okrug va rayon gegional landshaft komplekslariga misoldir.