Qushlar bozori

Qushlar bozori – kayra, chayka, lyurik kabi dengiz qushlari gala-gala bo`lib tik qoyalarga uya qo`ygan joylar. Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiya qirg`oqlarida, Janubiy yarim shardagi okean orollarida, MDHda esa Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri orollarida uchraydi. Ba’zi bir qushlar bozori o`nlarcha km ga cho`ziladi va bir necha yuz ming qushdan iborat bo`ladi. Qushlar bozoridan tuxum, pat, par, Chili bilan Peruda parranda gungi – guano olinadi.