Kon sanoati
Kon sanoati – ishlab chiqarishning turli xil xom ashyo va yoqilg`i qazib chiqarish bilan shug`ullanadigan tarmoqlari. Kon sanoati yoqilg`i – energetika xom ashyosi (neft, yonuvchi gaz, ko`mir, yonuvchi slanets va b.) qora, rangdor, asl, nodir, radioaktiv metall rudalari, kimyo sanoati xom ashyosi (apatitlar, fosforitlar, kaliy tuzlari, oltingugurt va b.), mineral binokorlik materiallari qazib chiqarish tarmoqlariga bo`linadi. Fan-texnika yutuqlarini joriy qilish natijasida ishlab chiqarishning bu tarmoqlari juda rivojlandi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish, materik sayozligidan qazib chiqarish tez rivojlanmoqda.