Ko`lshunoslik, limnologiya
Ko`lshunoslik, limnologiya – gidrologiyaning ko`llarni, suy omborlari, hovuzlarni o`rganadigan sohasi. Ko`lshunoslik suv havzalarining kelib chiqishi, geografik o`rni, morfologiyasini, suvning fizik va kimyoviy xossalarini suv havzalaridagi jarayon va hodisalarning vujudga kelishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini, o`simlik va hayvonot dunyosini o`rganadi. Ko`lshunoslik suv transporti, gidroenergetika, suv ta’minoti, sug`orish, baliq ovi va baliq urchitish, tabiiy boyliklar qazib olish, tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.