Ko`tarilma oqim
Ko`tarilma oqim— ko`l, dengizlarda suvning yuqoriga ko`tarilib chiqishi. Shamol ko`l, dengizning yuza qismidagi suvni haydab ketib, suv sathi pasayganda pastdan suv ko`tarilib chiqadi. Mo`tadil mintaqalardagi ko`llarda qish boshida yuzadagi suv sovib, og`irlashib pastga tushadi va uning o`rniga pastdan yengil iliq suv chiqadi. Natijada ko`tarilma va pasayma oqim vujudga keladi.